Konstruksiyasida projektor-fara chiroqlari va izlovchi-fara chiroqlari boʻlgan transport vositalaridan quyidagi hollarda foydalanish mumkin: aholi punktlaridan tashqarida; qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari boʻlmaganda. Aholi punktlarida esa bunday fara chiroqlaridan foydalanishga faqat ushbu Qoidalarning 25 va 28-bandlarida koʻzda tutilgan transport vositalari haydovchilariga ruxsat etiladi.