Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno); ikki va undan koʻp transport vositalarini; shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan ortiq boʻlsa; ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq boʻlsa (haqiqiy vazni kam boʻlgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich bilan yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yoʻl qoʻyiladi); ikki gʻildirakli mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalari va individual harakatlanish vositalari bilan, shuningdek, bunday mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalari va individual harakatlanish vositalarini; yoʻl yaxmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda egiluvchan ulagichda.