Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 159-band. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi

Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida; transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun moʻljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno); Traktorlar va boshqa oʻziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarining yukxonasida; Mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarining konstruksiyasida koʻzda tutilgan joylardan tashqarida; 12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning, kichik hajmdagi mototransport vositalarining orqa oʻrindigʻida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan transport vositasining old oʻrindigʻida; odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻzda tutilgan miqdordan ortiq boʻlganda. Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.