Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 42-band. Svetoforning yashil ishorasidan keyin sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining…

Svetoforning yashil ishorasidan keyin sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining qoʻli yuqoriga koʻtarilganda, Qoidalarning 41-bandida nazarda tutilgan joylarda keskin tormoz bermasdan toʻxtashga ulgura olmaydigan haydovchilarga harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladi. Ushbu ishoralar berilganda, qatnov qismida boʻlgan piyodalar uni boʻshatishlari, agar buning iloji boʻlmasa, qarama-qarshi yoʻnalishlardagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda toʻxtashlari kerak.