Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 43-band. Tartibga soluvchining ishoralari va koʻrsatmalari svetofor ishoralari, yoʻl belgilari va…

Tartibga soluvchining ishoralari va koʻrsatmalari svetofor ishoralari, yoʻl belgilari va chiziqlari talablariga zid boʻlgan hollarda haydovchi, velosipedchi, individual harakatlanish vositasini boshqargan shaxs va piyodalar tartibga soluvchining ishoralari va koʻrsatmalariga amal qilishlari kerak. Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid boʻlgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak. Agar svetoforning ishoralari ishlamayotgan boʻlsa, haydovchi boshqa (koʻndalang) yoʻnalishdagi svetofor ishoralari ishlamayotganligiga ishonch hosil qilganidan soʻnggina harakat xavfsizligini taʼminlagan holda harakatni davom ettirishi lozim.