Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 48-band. Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin

Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun; zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun. Yuqorida koʻrsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.