Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 50-band. Burilishni koʻrsatuvchi barcha yorugʻlik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya…

Burilishni koʻrsatuvchi barcha yorugʻlik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf-xatar) ishorasi hisoblanadi. Avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak: yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda; toʻxtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻxtaganda; fara chiroqlari yorugʻligi haydovchining koʻzini qamashtirganda; shatakka olishda (shatakka olingan mexanik transport vositasida); “Bolalarni tashish” taniqlik belgilariga ega boʻlgan transport vositasiga bolalar chiqayotganda va undan tushayotganda. Transport vositasi xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan boshqa hollarda ham haydovchi yoʻl harakati ishtirokchilarini ogohlantirish maqsadida avariya ishorasini yoqishi kerak.