Qoidalarda quyidagi asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi: avariya holatini yuzaga keltirish — yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilarini harakat yoʻnalishi yoki tezligini keskin oʻzgartirishga, shuningdek, oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qilish; avtomagistral — 5.1. yoʻl belgisi bilan belgilangan, har bir yoʻnalishning qatnov qismlari ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan (u boʻlmaganda, yoʻl toʻsiqlari bilan) hamda boshqa yoʻllar, tramvay va temir yoʻllar, piyoda va velosiped yoʻlkalari bilan bir sathda kesishmaydigan yoʻl; avtopoyezd — ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va yarim tirkama yoki yuk avtomobili hamda tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi; ajratuvchi mintaqa — yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan koʻtarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus toʻsiqlar bilan ajratilgan baland qismi; arava — otga (yoki boshqa hayvonlarga) qoʻshib tortiladigan yoki odam mushak kuchi bilan harakatga keltiriladigan dvigatel bilan jihozlanmagan, yuk tashishga moʻljallangan qurilma; asosiy yoʻl — tuproqli yoki shagʻalli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga oʻxshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yoʻl belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali boʻlishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi; aholi punkti — kirish va chiqish yoʻllari 5.22 — 5.25 yoʻl belgilari bilan belgilangan hudud; bolalar guruhini tashkiliy tashish — yoʻnalishli transport vositalariga daxli boʻlmagan avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning tashkil etilgan tartibda tashilishi; velosiped — kamida ikkita gʻildirakka ega boʻlgan va odatda minib olgan shaxs(lar)ning