Quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning oʻtish joylarida; tunnellarda; koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruxsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno); temir yoʻl kesishmalarida; yoʻlning koʻrinishi biror-bir yoʻnalishda 100 metrdan kam boʻlgan joylarda.