Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 63-band. Transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yoʻl harakati xavfsizligini…

Transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashi va yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tugʻilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak. Orqaga harakatlanish chorrahalarda va ushbu Qoidalarning 62-bandiga muvofiq qayrilib olish mumkin boʻlmagan joylarda taqiqlanadi.