Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 66-band. Harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yoʻl chizigʻi bilan…

Harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yoʻl chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta qatorga faqat quvib oʻtish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.