Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 7-band. Mexanik transport vositasining haydovchisi quyidagi hujjatlarni yonida olib yurishi va…

Mexanik transport vositasining haydovchisi quyidagi hujjatlarni yonida olib yurishi va IIO xodimlari talab qilganda ularga tekshirish uchun berishi shart: tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini, uning talonini (eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi boʻlsa), haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda olib qoʻyilgan hollarda vaqtincha ruxsatnomani; vaqtincha ruxsatnoma bilan transport vositasini boshqarishda haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni; transport vositasini, mavjud boʻlganda tirkamani roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi guvohnomani; transport vositasining egasi boʻlmagan hollarda esa umumiy egalik huquqini yoki tasarruf etish huquqini beruvchi, egalik qilishga va foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni, transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha haydovchilar soni cheklangan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sugʻurta polisida koʻrsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar), shuningdek, haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sugʻurta polisi mavjud boʻlganda transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) bundan mustasno; transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisini (elektron koʻrinishda ham boʻlishi mumkin). “Nogironligi boʻlgan shaxs” taniqli belgisi oʻrnatilgan transport vositasini birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxs boshqarayotganda nogironligini tasdiqlovchi hujjatni; qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda litsenziya guvohnomasini, yuridik shaxs tomonidan berilgan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani yoki yoʻl varaqasini, tashilayotgan yuk hujjatlarini; yuridik shaxslar transport vositalari haydovchilarining, shu jumladan yoʻlovchi yoki