Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 71-band. Reversiv harakatlanishli yoʻlga burilishda haydovchi transport vositasini shunday…

Reversiv harakatlanishli yoʻlga burilishda haydovchi transport vositasini shunday boshqarishi kerakki, bunda transport vositasi qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki oʻng qatorni egallashi kerak. Shu yoʻnalishdagi boshqa tasmalardan ham harakatlanish ruxsat etilganiga ishonch hosil qilingandan keyingina haydovchiga qayta tizilishga ruxsat etiladi.