Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 72-band. Qoidalarning 88 , 166-bandlarida koʻzda tutilganlardan boshqa hollarda transport…

Qoidalarning 88 , 166-bandlarida koʻzda tutilganlardan boshqa hollarda transport vositalarining ajratuvchi mintaqalar, yoʻl yoqalari, trotuarlar, piyodalar yoʻlkalarida, velosiped yoʻlkalari, velosipedchilar uchun tasmalar, piyodalar va velosipedchilarning birga va yashil hudud maydonlarida mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda yoʻldan foydalanish va kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, bevosita yoʻl yoqalari, trotuarlar yoki piyodalar yoʻlkalari oldida joylashgan savdo shoxobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun boshqa imkoniyati boʻlmagan transport vositalariga yaqin yoʻldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda harakatlanish xavfsizligi taʼminlangan boʻlishi shart.