Haydovchi tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishi shart: “A1” — moped va skuterlar, shuningdek, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm ³ gacha boʻlgan ichki yonuv dvigateliga ega boʻlgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattgacha boʻlgan kichik hajmdagi mototransport vositalari (individual harakatlanish vositalari bundan mustasno); “A” — mototsikllar, elektromototsikllar; “B” — ruxsat etilgan toʻliq vazni 3 500 kilogrammdan oshmaydigan yoki haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan ortiq boʻlmagan, shuningdek, ular bazasida ishlab chiqarilgan qoʻl bilan boshqariladigan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan toʻliq vazni 750 kilogrammdan ortiq boʻlmagan “B” toifadagi avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan toʻliq vazni 750 kilogrammdan ortiq boʻlgan lekin “B” toifadagi avtotransport vositasining aslahalangan vaznidan ortiq boʻlmagan va avtotransport vositalari tarkibining ruxsat etilgan toʻliq vazni 3 500 kilogrammdan ortiq boʻlmagan tirkamali “B” toifadagi avtotransport vositalari; “C” — ruxsat etilgan toʻliq vazni 3 500 kilogrammdan ortiq boʻlgan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan toʻliq vazni 750 kilogrammdan ortiq boʻlmagan “C” toifadagi avtotransport vositalari; “D” — yoʻlovchi tashishga moʻljallangan, haydovchi oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan ortiq boʻlgan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan toʻliq vazni 750 kilogrammdan ortiq boʻlmagan “D” toifadagi avtotransport vositalari; “BE” — tirkamasining ruxsat etilgan toʻliq vazni 750 kilogrammdan ortiq yoki tirkamasining ruxsat etilgan toʻliq vazni jihozlangan avtotransport vositasining vaznidan ortiq boʻlgan “B” toifadagi avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan toʻliq vazni 750 kilogrammdan ortiq lekin transport vositalari tarkibining ruxsat etilgan toʻliq vazni 3 500