Yoʻl harakati toʻgʻrisida 15-modda. Yoʻl egasining huquq va majburiyatlari

Yoʻl egasi quyidagi huquqlarga ega: yoʻllarni qurish, taʼmirlash va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishib olish va tasdiqlashda, shuningdek taʼmirlash ishlarini tashkil etishda ishtirok etish; ekstremal iqlim sharoitlarida, xususan, havo harorati koʻtarilib ketgan sharoitlarda yoʻllarning va yoʻl sunʼiy inshootlarining texnik holatini saqlab turish maqsadida sutkaning muayyan vaqtida N2, N3 va M3 toifasidagi transport vositalarining harakatlanishini cheklash toʻgʻrisida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga takliflar kiritish. Yoʻl egasi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. Yoʻl egasi: yoʻllarda yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari oʻrnatilishini (montaj qilinishini), almashtirilishini, olib tashlanishini, ularga texnik xizmat koʻrsatilishini va ular oʻz vaqtida taʼmirlanishini taʼminlashi; yoʻl harakatini tashkil etish uchun xavf tugʻdirayotgan koʻp yillik dov-daraxtlar, ularning shoxlari, butalar, qonunga xilof qurilmalar, shuningdek materiallar va chiqindilar yoʻlning qatnov qismidan olib tashlanishini taʼminlashi, bunda daraxtlarni va butalarni kesib tashlashni tabiat resurslari organlari bilan kelishgan holda amalga oshirishi; yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan yoki yoʻl harakati ishtirokchilari uchun xavf tugʻdiradigan joylarda yoʻl harakatini tashkil etishning ogohlantiruvchi, shuningdek yoʻnaltiruvchi texnik vositalarini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishuvga koʻra oʻrnatishi; ushbu Qonun 23-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, transport vositalarining yoʻllarda (yoʻllar uchastkalarida) harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash choralarini koʻrishi; yoʻl harakati ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashi, shuningdek transport vositasiga chiqish va tushishda jamoat transporti yoʻlovchilari uchun shart-sharoitlar yaratishi; yoʻl harakati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishi; yoʻl harakatini tashkil etishdagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axb