Yoʻl harakatini tashkil etishga doir tadbirlar jumlasiga quyidagilar kiradi: transport oqimlarining harakatlanish polosalari boʻyicha taqsimlanishini boshqarish, shu jumladan transport oqimlarining harakatlanishini transport vositalarining toifalariga, harakat tezligiga va yoʻnalishiga, ularning harakatlanish vaqtiga qarab guruhlarga boʻlish; yoʻllarning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, shu jumladan transport vositalarining harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi toʻsiqlar va sharoitlarni bartaraf etish, chorrahalarni rekonstruksiya qilish, yoʻl oʻtkazgichlarni qurish; svetofor obyektlarini tizimli boshqarish, ularning yoʻl harakatini tartibga solish sikllarini maqbullashtirish; yoʻl harakatini tashkil etish toʻgʻrisidagi hujjatlarda belgilangan hududlar chegaralarida svetofor obyektlari koʻrsatkichlarining oʻzaro aloqadorligini belgilash; piyodalar va velosipedchilar harakatini taʼminlash, shu jumladan piyodalar oʻtish joylarini va velosipedchilar yoʻlaklarini belgilash, qurish, jihozlash hamda tartibga solish maqsadida yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish; yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun ustuvorlikni joriy etish; yoʻldan tashqarida toʻxtab turish joylarini rivojlantirish; transport vositalarining harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash. Transport vositalarining yoʻllarda taqsimlanishini boshqarishda yoʻllarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va taʼmirlash boʻyicha tadbirlar, shuningdek yoʻl harakatini tashkil etishning asosiy koʻrsatkichlariga taʼsir koʻrsatadigan kapital qurilishning boshqa turlari hisobga olinishi kerak. Milliy standartlar talablariga muvofiq boʻlmagan yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoʻl harakatini tashkil etishga doir tadbirlar maxsus vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bevosita yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarini qonunchilikda belgilangan tarti