Yoʻl harakati toʻgʻrisida 20-modda. Tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari)

Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Yoʻl harakatini tashkil etishga monelik qiluvchi tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.