Yoʻl harakati toʻgʻrisida 23-modda. Yoʻllarda (yoʻl uchastkalarida) transport vositalarining harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash

Yoʻllarda (yoʻl uchastkalarida) transport vositalarining harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash tegishli vakolatli davlat organlarining axborotiga asosan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: yoʻl harakati xavfsizligiga, shu jumladan fuqarolarning hayotiga yoki sogʻligʻiga tahdid boʻlganda; ekstremal iqlim sharoitlari toʻgʻrisida, tabiiy ofatlar, avariyalar, yongʻinlar, tabiiy hamda texnogen xususiyatli boshqa favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfi haqida belgilangan tartibda ogohlantirish kelib tushganda; ekstremal iqlim sharoitlari, tabiiy ofatlar, avariyalar, yongʻinlar, tabiiy hamda texnogen xususiyatli boshqa favqulodda vaziyatlar roʻy berganda; yoʻl-transport hodisalari sodir etilganda; qonunda nazarda tutilgan tezkor-qidiruv tadbirlari, shuningdek protsessual harakatlar amalga oshirilayotganda; ommaviy tadbirlar (sport tadbirlari va madaniy tadbirlar, kino- va fototasvirga olish, ommaviy sayrlar, yarmarkalar, ommaviy yurishlar hamda boshqa tadbirlar) oʻtkazilayotganda; qoʻriqlanadigan shaxslar yoʻlda harakatlanayotganda. Yoʻllarda (yoʻl uchastkalarida) transport vositalarining harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham amalga oshirilishi mumkin. Yoʻl egalari tomonidan jalb qilinadigan yoʻllarni taʼmirlash va saqlash boʻyicha tashkilotlar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yoʻlning (yoʻl uchastkasining) transport-ekspluatatsiya sifati yomonlashganda va boshqa shunga oʻxshash hollarda, taʼmirlash-qurilish ishlari olib borilayotganda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini bu haqda xabardor qilgan, yoʻllardan foydalanuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilib xabardor etgan hamda yoʻl harakatini tashkil etishning tegishli texnik vositalarini oʻrnatgan holda, transport vositalarining harakatlanishini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining boʻlinmalari bilan kelishuvga koʻra cheklash yoki taqiqlash hu