Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalari yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan auditdan oʻtkaziladi. Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarining auditi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan mustaqil ravishda yoki shunday auditni oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyekti shartnoma asosida jalb etilgan holda oʻtkaziladi. Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarining auditi quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi: asoslantirish (rejalashtirish); xomaki loyihalashtirish; batafsil loyihalashtirish; yoʻlni foydalanishga topshirishdan oldin; yoʻlni foydalanishga topshirilganidan keyin. Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarining auditi u qaysi bosqichda oʻtkazilganligiga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: yoʻlni qurish yoki rekonstruksiya qilish xavfsizligi auditi; foydalaniladigan yoʻlning xavfsizligi auditi; oʻziga xos maqsadga moʻljallangan yoʻl obyektlarining xavfsizligi auditi. Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarining auditi quyidagi vazifalarni hal etishga qaratiladi: obyektdan foydalanish chogʻida yoʻl-transport hodisalarining roʻy berishi ehtimolini imkon qadar kamaytirish; xavfni toʻliq bartaraf etish imkoni boʻlmagan yoʻl uchastkalarida roʻy berishi mumkin boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining oqibatlarini imkon qadar kamaytirish uchun samarali yechimlarni qoʻllash; yoʻllarni loyihalashtirish va qurish bosqichlarida kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish orqali yoʻldan foydalanish chogʻida kamchiliklarni bartaraf etishga doir xarajatlarni kamaytirish. Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarining auditi natijasida tayyorlangan tavsiyalar tegishli bosqichda buyurtmachiga va ishlarni bajaruvchilarga (rejalashtiruvchi tashkilotga, loyihalashtiruvchi tashkilotga, pudratchi tashkilotga, foydalanuvchi tashkilotga) koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi. Yoʻl harakatini tashkil etish loyihasining auditi natijalari boʻyicha xulosa tuzilib, unda yoʻl harakatini tashkil etish loyihasi qonunchilik talablariga muvofiq ekanligi yoki muvo