Yoʻllarning egalari xizmat koʻrsatish obyektlarini loyihalashtirish normalariga, ularni qurish rejalariga va ularni joylashtirishning bosh sxemalariga muvofiq oʻz ixtiyoridagi yoʻllarda mazkur obyektlarni barpo etish choralarini koʻradi, yoʻl harakati ishtirokchilarining ehtiyojlarini qanoatlantirish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida xizmat koʻrsatish obyektlarining ishini tashkil etadi, yoʻl harakati ishtirokchilariga bunday obyektlarning mavjudligi hamda eng yaqin sogʻliqni saqlash va aloqa muassasalarining joylashuvi haqidagi axborotni, shuningdek yoʻllarning tegishli uchastkalarida harakatlanishning xavfsiz sharoitlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi.