Transport vositalaridan foydalanishga bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar: haydovchilarning ishini yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlovchi talablarga muvofiq tashkil etishi; haydovchilarning qonunchilikda belgilangan mehnat qilish va dam olish rejimiga rioya etishi; haydovchilarning malakasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi; transport vositalarining sozligini va but saqlanishini taʼminlashi, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud boʻlganda transport vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻymasligi; oʻziga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalarining va Yoʻl harakati qoidalari buzilishlarining sabablarini tahlil qilishi hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrishi; tibbiyot xodimlarini jalb etgan holda haydovchilarning tibbiy koʻriklarini, haydovchilarning yoʻl-transport hodisalarida jabrlanganlarga hodisa yuz bergan joyning oʻzida, tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatish boʻyicha koʻnikmalarini takomillashtirishga doir tadbirlarni tashkil etishi va oʻtkazishi; xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq boʻlgan holda mehnatda mayib boʻlganligi, kasb kasalligiga chalinganligi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanganligi munosabati bilan uning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha oʻz fuqarolik javobgarligini “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda sugʻurtalashi shart. Transport vositalaridan foydalanishga bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. Avtomobil transportida yoki yer usti shahar elektr transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk tashish faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar tashishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, yoʻl harakati xavfsizligini taʼmi