Transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun malaka imtihonlarini topshirishga tegishli toifadagi haydovchilar tayyorlashning oʻquv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan hajmda tegishli tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar qoʻyiladi. Tegishli toifalardagi haydovchilarni tayyorlashning yagona dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.