Yoʻl harakati toʻgʻrisida 50-modda. Yoʻl harakati sohasida ilm-fan yutuqlaridan foydalanish

Yoʻl harakatini tashkil etish samaradorligini, yoʻllarning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, yoʻl harakati ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida maxsus vakolatli davlat organlari tizimida yoʻl harakati sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi tuzilmalar tashkil etilishi mumkin. Ilm-fan yutuqlaridan, yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar natijalaridan maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan yoʻl harakatini tashkil etish chogʻida, shu jumladan yoʻl harakatini tashkil etishning axborot tizimlari va texnik vositalarini takomillashtirish uchun foydalaniladi.