Yoʻl harakati sohasidagi davlat nazorati yoʻl harakati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishlarini bartaraf etish haqidagi taqdimnomalarning bajarilishini oʻrganish, yoʻl harakatini tashkil etish borasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi. Yoʻl harakati sohasidagi davlat nazoratini tegishli davlat organlari hamda tashkilotlar qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda amalga oshiradi.