Yoʻl harakati toʻgʻrisida 7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoʻl harakati sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: yoʻl harakati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi; yoʻl harakati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va qabul qiladi; respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yoʻl harakati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; yoʻl harakati sohasi bilan bogʻliq mutaxassisliklar, kasblar va lavozimlar roʻyxatini, shuningdek ularga doir malaka talablarini belgilaydi; yoʻl harakatini tashkil etishning asosiy koʻrsatkichlarini shakllantirish, ularning hisobini yuritish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlaydi; transport vositalari va yoʻllarning texnik holatiga, yoʻllarda va temir yoʻllar kesishmalarida yoʻl harakati xavfsizligiga doir yagona talablarni belgilaydi; transport vositalarining haydovchilarini tayyorlashga, shuningdek aholiga Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatishga doir umumiy talablarni belgilaydi; haydovchilarni, transport vositalarini, Yoʻl harakati qoidalarining buzilishlarini, yoʻl-transport hodisalarini va yoʻl harakati sohasidagi boshqa maʼlumotlarni hisobga olishning yagona tizimini tasdiqlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.