Yoʻl harakati toʻgʻrisida 8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yoʻl harakati sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari yoʻl harakati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari: yoʻl harakati sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi; yoʻl harakati sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi; xoʻjaliklararo qishloq yoʻllarida, tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning koʻchalarida yoʻl harakati monitoringini tashkil etadi hamda amalga oshiradi; xoʻjaliklararo qishloq yoʻllarida, tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning koʻchalarida joylashgan toʻxtab turish joylarining, shu jumladan pulli toʻxtab turish joylarining reyestrini yuritadi; Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishuvga koʻra, xoʻjaliklararo qishloq yoʻllarida, tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning koʻchalarida yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari oʻrnatilishini, almashtirilishini, olib tashlanishini va ularga texnik xizmat koʻrsatilishini amalga oshiradi; yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari joylashuvini yuritadi hamda ularning joylashuvga muvofiqligi va texnik holati ustidan nazoratni amalga oshiradi; yoʻl harakati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi; yoʻllarga tutash boʻlgan hududlarda xizmat koʻrsatish infratuzilmasi obyektlarini tashkil etadi va rivojlantiradi; yoʻl harakati xavfsizligi tibbiy jihatdan taʼminlanishini, shuningdek yoʻl-transport hodisalarida jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etadi; xoʻjaliklararo qishloq yoʻllarining, tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullar koʻchalarining, shahar elektr transporti yoʻllarining, shuningdek yoʻl harakatini tashkil etish texnik vositalarining jihozlanishini va soz holatda saqlanishini taʼminlaydi; yoʻl-transport hodisa