Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida 27-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishga boʻlgan huquqi kafolatlari

Ijtimoiy yordam uni olish huquqiga ega boʻlgan har bir bolaga tayinlanadi. Ijtimoiy yordam koʻrsatish miqdori, shartlari va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Davlat organlari ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan har bir bolaga, bolalarning joylashtirilishi shaklidan qatʼi nazar, moddiy va boshqa sharoitlarni taʼminlaydi. Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan homiylik dasturlarini qonunchilikka muvofiq ragʻbatlantiradi.