Basharti qonun yoki majburiyatlarning ayrim turlarini tartibga soluvchi FK normalarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talablar boʻyicha umumiy daʼvo muddati – uch yil. Bunda FKning 160-moddasi talabiga muvofiq daʼvo muddatining toʻxtatilishi, uzilishi va tiklanishi haqidagi FKning 156 , 157 , 159-moddalari qoidalari, agarda qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, majburiyatlarning ayrim turlariga ham taalluqlidir.