Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 17-band. Qonunga muvofiq jazo tariqasida tayinlangan jarimani mahkum hukm qonuniy kuchga kirgan…

Qonunga muvofiq jazo tariqasida tayinlangan jarimani mahkum hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oy, hukm chiqarilgan kunda oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan mahkum esa — olti oy mobaynida ixtiyoriy ravishda toʻlashi lozim. Biroq sud, mahkumning moddiy ahvolini inobatga olib, JPK 533-moddasi ikkinchi qismiga asosan hukmning ushbu qismi ijrosini olti oygacha kechiktirishi yoki boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini hal qilishi mumkin. Bunday holda jarimani toʻlash uchun Jinoyat kodeksi 44-moddasining uchinchi qismida va 82-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddatlarning oʻtishi kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) muddati tugagandan soʻng boshlanadi. Sudlarning eʼtibori oʻta xavfli retsidivistlar va oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukmning ijrosini kechiktirish mumkin emasligiga qaratilsin.