Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida 27-band. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy…

Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisida daʼvo ariza topshirilganda, FPKning 189-moddasida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari, arizada: daʼvogarning fikricha buzilgan aniq shaxsiy nomulkiy huquq; himoyalanadigan sohaga aralashuvga olib kelgan javobgarning harakatlari (yoki harakatsizligi) nimadan iboratligi; nizolashilayotgan maʼlumotlar mazmuni, ularning ifodalanish shakli (matn, tasvir, audio- yoki videoyozuv va boshqalar); nizoli axborotni tarqatish usuli, kanali va muhiti, jumladan aniq internet-resurslar, bosma nashrlar, efir uzatishlari va boshqa vositalar; huquq buzilishining yuzaga kelgan oqibatlari (maʼnaviy azob-uqubatlar, obroʻ-eʼtiborning yoʻqolishi, shaxsiy yoki oilaviy hayotga aralashuv, boshqa salbiy taʼsirlar); maʼlumotlarni rad etish, oʻchirish yoki bloklash, keyinchalik tarqatishni taqiqlash, moddiy zarar va maʼnaviy ziyonni qoplash va boshqa himoya choralarini oʻz ichiga olgan talablar koʻrsatilishi mumkin.