Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida 46-modda. Tugatilayotgan sugʻurtalovchi kreditorlarining talablarini qanoatlantirish navbati

Tugatilayotgan sugʻurtalovchi kreditorlarining talablari tugatishni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek tugatiladigan sugʻurtalovchining asosiy vazifalarini taʼminlash zaruratidan kelib chiqadigan xarajatlar toʻlanganidan keyin quyidagi tartibda qanoatlantiriladi: birinchi navbatda — hayotni sugʻurta qilish sohasidagi majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta qildiruvchilarning talablari; ikkinchi navbatda — sugʻurta qildiruvchilarning boshqa majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha talablari; uchinchi navbatda — boshqa sugʻurta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talablari; toʻrtinchi navbatda — budjetga, budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlarni nazarda tutuvchi toʻlov (ijro) hujjatlariga doir talablar. Koʻrsatilgan talablar toʻliq qanoatlantirilganidan keyin ijtimoiy sugʻurta boʻyicha talablar hamda jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik tufayli fuqarolarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha talablari qanoatlantiriladi; beshinchi navbatda — sugʻurtalovchining boshqa kreditorlari talablari.