fuqaroligi toʻgʻrisida 17-modda. Bola farzandlikka olingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qolishi

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida farzandlikka olingan bola Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini saqlab qoladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, biri chet davlat fuqarosi, boshqasi esa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan er-xotin tomonidan farzandlikka olingan bolaga farzandlikka olganlarning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga ruxsat berilishi mumkin.