Aqli noraso yoki jinoyat sodir etilganidan keyin ruhiy holati buzilgan deb topilgan shaxslarga doir ishlar boʻyicha ashyoviy dalillar masalasi sudlar tomonidan JPK 211-moddasi talablariga monand hal etilishi lozim. Sud xarajatlari, jumladan, huquqiy yordam koʻrsatganlik uchun haq bunday shaxslardan JPK 320-moddasiga koʻra undirilmasdan davlat hisobidan toʻlanadi.