Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida 30-band. Ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan baholovchi fikr yoki mulohaza oʻz huquqlari va…

Ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan baholovchi fikr yoki mulohaza oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga taʼsir qiladi deb hisoblagan shaxs FK 100-moddasining oltinchi qismi va “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 34-moddasiga koʻra, oʻziga berilgan javob, sharh, luqma huquqidan foydalanib, oʻsha ommaviy axborot vositasida tarqatilgan fikrlarning asossizligini isbotlash uchun ularni boshqacha baholashni talab qilishi mumkin. Agar subyektiv fikr daʼvogarning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsini kamsituvchi shaklda ifodalangan boʻlsa, u shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarini himoya qilishga hamda haqorat qilish natijasida yetkazilgan maʼnaviy zararni qoplashni talab qilishga haqli.