AI Madad.uz: 27 ta hujjat namunasi, Telegram hujjat boti va yangi AI vositalar

AI Madad.uz platformasida yangi imkoniyatlar ishga tushirildi.

1. Hujjat namunalari 5 tadan 27 taga ko'paydi Arizalar (mehnat ta'tili, ishga qabul, ish joyidan ma'lumotnoma, hisob-kitob talabi, davlat organiga ariza), da'vo arizalari (nikohdan ajratish, qarz undirish, ishga tiklash, ish haqi undirish, zarar undirish, iste'molchi huquqi, er-xotin mulkini bo'lish, aliment), shikoyatlar (ma'muriy jarima ustidan, apellyatsiya), dalolatnomalar (qabul-topshirish, bajarilgan ish, zararni aniqlash), ishonchnoma, talabnoma, tilxat hamda qarz, ijara va xizmat ko'rsatish shartnomalari. Har bir namunadagi qonun havolalari amaldagi tahrir bilan tekshirilgan.

2. Telegram hujjat boti Botda /start bosing, «Hujjat tayyorlash» ni tanlang, hujjat turini va namunani belgilang. Bot savollarni birma-bir beradi: JSHSHIR, pasport, telefon, sana va summalar darhol tekshiriladi, xato bo'lsa qayta so'raladi. Oxirida ma'lumotlarni tekshirib, «Tayyorlash» ni bosasiz — bot tayyor Word (.docx) faylni yuboradi. Kerakli hujjat ro'yxatda bo'lmasa, «Boshqa hujjat» bo'limida vaziyatni yozing — so'rovingiz mutaxassislarga yetkaziladi va eng yaqin namunalar taklif qilinadi.

3. Davlat boji va muddat kalkulyatori (bepul) «AI vositalar» bo'limida fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy sudlarga beriladigan da'vo va shikoyatlar uchun davlat boji bazaviy hisoblash miqdori (440 000 so'm) asosida hisoblanadi. Apellyatsiya, kassatsiya, jarima ustidan shikoyat, mehnat nizolari va umumiy da'vo muddatlarining oxirgi kunini ham aniqlash mumkin.

4. AI vositalar Huquqiy matnni sodda tilga o'girish, da'vo istiqboli tahlili (qonun moddalariga havola bilan) va javob xati / e'tiroz generatori qo'shildi. Shaxsiy raqamlar AI'ga yuborilmasdan oldin maskalanadi.

Eslatma: namunalar va AI natijalari umumiy ma'lumot uchun; muhim ishda yurist bilan maslahatlashing.